"Farhod Alimovning hayoti va ijodi"
- Рубрика: Презентации / Другие презентации
- Просмотров: 125
Презентация ""Farhod Alimovning hayoti va ijodi"" онлайн бесплатно на сайте электронных школьных учебников edulib.ru
Reja:
Farhod Alimovning hayoti va ijodi
Farhod Alimov asarlari umumiy o‘rta ta’lim maktabi darsliklarida
Farhod Alimov asarlarining tarbiyaviy ahamiyati
1954-yili maktabga bordi. Farhodning musiqaga qiziqishini ko‘rgan ota-onasi uni 1959-yil R. Glier nomidagi respublika musiqa maktab-internatiga o‘tkazdilar. Bu yerda u g‘ijjak chalishni taniqli o‘qituvchi O. Xolmuhamedovdan o‘rgandi.
1965-yil maktabni imtiyozli tugatib, Toshkent Davlat konservatoriyasining o‘zbek xalq cholg‘ulari fakultetiga imtihonsiz qabul qilindi. Konservatoriyani 1970-yilda g‘ijjak bo‘yicha bitirib,
o‘zbekiston radiosi qoshidagi o‘zbek xalq cholg‘u asboblari orkestrida sozanda bo‘lib ishladi.
Orkestrda ishlab yurgan paytlarida musiqa bastalashga intilib, qo‘shiq va kuylar yoza boshladi. Kompozitorlik malakasiga ega bo‘lish uchun 1972-yili konservatoriyaning tayyorlov kurslarida, so‘ngra asosiy bosqichda Boris Giyenkoda ta’lim oldi. 1975-yildan boshlab A. Qodiriy nomidagi Madaniyat institutida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. 1995-yildan boshlab Toshkent Davlat konservatoriyasida orkestr dirijorligi kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
Farhod Alimov musiqa san’atining deyarli barcha janrlarida samarali ijod qilmoqda.
Uning bastalagan asarlari simfoniya, ovoz va simfonik orkestr uchun «Maftuningman Toshkent» vokal-simfonik poemasi,«Ona sayyorani asrang» kantatasi, «Ibn Sino hayotidan lavhalar» simfonik poemasi, «Shodiyona»,«Tabriknoma», «To‘yona» uverturalari, jo‘rsiz xor uchun Navoiy ruboiylariga «Muhabbatnoma turkumi», Bobur ruboiyllariga «Dil sadosi» turkumi milliy ruhi va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi.
1990-yillarda «Muhabbatnoma», «Baxshida» nomli baletlarni, quyidagi musiqali dramalarni yaratdi: «Yusuf va Zulayxo»,«Fotima va Zuhra», «Nodirabegim», «Devona», «Soyibxo‘ja operasi», «Super qaynona», «Checha», «Super qaynona — 2», «Na falakman, na malak», «Muhabbat tuyg‘usi», «Oq kabutarlar» musiqali komediyalari Muqimiy nomidagi musiqali teatrda sahna yuzini ko‘rgan. F. Alimov «Mehrobdan chayon» filmiga, «Samarqand obidalari va muzeylari», «Vatan bizniki», «San’at maktabi» hujjatli filmlariga musiqa bastalagan.
Shuningdek, «Navro‘z», «Sharq taronalari», Amir Temur va Ulug‘bek yubileylariga bag‘ishlangan anjumanlarda o‘z asarlari bilan faol qatnashdi. Uning asarlari Germaniya, Ispaniya, Misr, Fransiya mamlakatlarida ijro etilib, olqish va hurmatga sazovor bo‘ldi.
Farhod Alimov asarlari umumiy o‘rta ta’lim maktabi darsliklarida
Farhod Alimov asarlari umumiy o‘rta ta’lim maktablari darslariklarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida biz Farhod Alimovning darsliklarda berilgan kuy va qo‘shiqlari bilan tanishamiz:
Bulardan tashqari kompozitor bolalar uchun «Sariq jo‘jalarim», «Yoz fasli», «Yashasin do‘stlik», «Chaqqon bola», «Oppoq qayin», «Ahillik — do‘stlik» kabi juda ko‘p qo‘shiq yaratib,ularga kuy bastalagan.