"Bolalar cholg'ulari bilan tanishtirish va uLarda chalishga o‘rgatish."
- Рубрика: Презентации / Другие презентации
- Просмотров: 120
Презентация ""Bolalar cholg'ulari bilan tanishtirish va uLarda chalishga o‘rgatish."" онлайн бесплатно на сайте электронных школьных учебников edulib.ru
reja:
1. Bolalar cholg’u asboblarida ijro etish faoliyati
2.Bolalar cholg’u asboblarining turlari.
3. Bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o`rgatishda tizimli yondashuv
Maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalar musiqa madaniyatini tarbiyalashda musiqa faoliyatlarining o’rni benihoyat katta. Mahg`ulotlar jarayonida imkon qadar ko’proq musiqiy faoliyatlardan unumli foydalanish orqali bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin. Bolalar cholg`u asboblarida ijro etishga o`rgatish faoliyati ham bolalarning jamoaviy ijrochilik qobiliyatini rivojlantirib, kichik bog`cha yoshidan boshlab bolalarni eshitish qobiliyatini, xotirasi, tafakkuri va diqqatini rivojlantirishga ijobiy ta`sir etuvchi faoliyat turlaridan biridir. Mashg`ulot jarayonida faoliyatning ushbu turidan foydalanish – bolalarning badiiy bilim va tajribasini boyitib, ularning ijrochilik faoliyatiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratiladi.
Musiqa mahg`ulotida bu faoliyat turli eng qiziqarli mashg`ulotdir. Bolalar cholg`u asboblari jonli tovushli o`yinchoqlar sifatida har bir bolani qiziqtiradi.
Bolalar musiqa cholg`u asboblari ikki turga bo`linadi.
Kuychan bo`lgan musiqa cholg`u asboblari
Kuychan bo`lmagan shovqinli asboblar
BOLALAR CHOLG’U ASBOBLARI
KUYCHAN
KUYCHAN
BO’LMAGAN
KSELOFON
METALLOFON
Rubel
Treshyotka
Marakas
Baraban
Rumba
Buben
Uchburchak
Doiracha
Bolalar cholg`u asbobolarida ijro etish mustaqil faoliyat sifatida o`rta guruhlardan boshlab o`tiladi. Kichik guruhdan boshlab cholg`u asboblariga o`rgatish shakllantirib boriladi. Bu yoshdagi bolalarni tovushli o`yinchiqlar, shiqildoqlar, qo`ng`iroqchalarda ijro juda qiziqtiradi. Bolalar shiqildoqlarni shiqillatib undan zavqlanadilar. Bu esa bolalarda cholg`u asbobolariga bo`lgan qiziqishni oshiradi, ijro ko`nikmalarining shakllanishiga yordam beradi.
Bolalar cholg`u asbobolarida ijro etish musiqa asarlarini diqqat bilan tinglash, musiqaning xarakterini his etish musiqa cholg`u asboblarini farqlashga, tovush balandligini bilishga o`rgatadi.
Bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1. Dastlab bolalar kuyni diqqat bilan tinglab, musiqiy asarni tahlil qiladilar.
2. Turli musiqiy-ritmik harakarlar yordamida kuyni ritmik his etadilar. So`ngra qo`l yoki oyoq harakatlarini bajarib kuyni xotiralarida saqlab qoladilar.
3. Musiqiy-ritmik harakatlar orqali jo`r bo`lishni aniq bajara olgan bolalarga kuychan bo`lmagan shovqinli musiqa asboblarida kuyga jo`r bo`lishga ruxsat beriladi.
4. Keyinchalik esa passiv bolalar cholg`u asboblarini chalishga jalb etiladi.
5. Bolalar musiqa cholg`u asboblarida jo`r bo`lish, grafik ko`rsatmalar, rasmlarga qarab kuy ijro etish bog`cha bolalarining musiqiy ijodkorligini oshiradi.
Bolalar cholg`ularining nomlanishini
Musiqa cholg`ularining jaranglanish xarakterini
Bolalar cholg`ularining ijro yo`llarini
Musiqa cholg`ularining foydalanishni bilishlari zarur
Bolalar bog`cha davrining oxirida:
Bolalar bilishi zarur bo`lgan ijro usuli:
ijro usuli;
ansamblda ijro;
oddiy dinamik bo`yoqlardan foydalanish;
oddiy, kichik qo`shiqlarni yakka ijro etish
Qo`shiq kuylash, musiqa tinglash va musiqaviy ritmik harakatlar bajarish faoliyatlarida bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish orqali faoliyatlarning o`zaro bog`liqligi orqali muhim ahamiyatga ega. Qo`shiq kuylash faoliyatida bolalar cholg`ular yordamida jo`r bo`lishlari qo`shiqni oson ozlashtirishiga, uning tempi, xarakterini farqlashga, qo`shiq so`zlarini tez yodlashlariga, umuman olganda qo`shiq kuylashga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Musiqa tinglash faoliyatida bolalar cholg`ular yordamida jo`r bo`lishlari bolalar qo`shiqni kuydan ajrata olishga, musiqaning xarakterini his etish, tovush balandligini bilishga va tinglagan asarlarini uzoq muddatgacha yodda saqlashlariga yordam beradi. Musiqaviy-ritmik harakatlar bajarish faoliyatida esa bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish bolalarni ritmni his qilishga, harakatlarning mushtarakligiga va uni aniq ijro etishga o`rgatadi.
Bolalar musiqa cholg’u asboblarida ijro, ayniqsa musiqiy ijodiy rivojlanishi past bolalar uchun nihoyatda foydalidir. Bolalar cholg`u asboblarida ijro etish barcha bolalarning kelajakda ancha murakkab cholg’u asboblarini o’zlashtirishlariga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o’taydi. Mashg’ulotlardagi bolalar cholg’u asboblarida chalish faoliyatini samarali amalga oshirish natijasida bolalar kichik hajmdagi o`zbek xalq kuylaridan boshlab, kattaroq asarlargacha shaqildoqchalar, doirachalar va rumbalarda turli ritmik usullarni chalishni o`rganadilar. Barcha cholg’ular toza, tiniq, yoqimli sado berishi, tashqi ko’rinishi bilan bolalarning diqqatini jalb etishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar cholg`u asboblarida ansambl hosil qilib kuy ijro etish bolalarda musiqaga yanada qiziqish uyg`otadi, natijada ularning musiqiy qobiliyatlari rivojlanadi.
Shu bois, musiqa mashg`ulotlarida faoliyatlarning boshqa turlari qatori bolalar cholg’u asboblarida chalish qismiga ham jiddiy e’tibor berish talab etiladi.